GlocalMe kompaniyasi Barselonada bo‘lib o‘tgan MWC 2025 ko‘rgazmasida uy hayvonlari uchun dunyodagi birinchi smartfon – PetPhoneni taqdim etdi.
PetPhone hayvonning bo‘yinbog‘iga mahkamlanadi va egasining smartfoniga o‘rnatilgan maxsus ilova orqali ishlaydi. Qurilma oldindan yozib olingan ovozli buyruqlarni masofadan yetkazib bera oladi. Shuningdek, ilovaga sun’iy intellekt integratsiya qilingan bo‘lib, u hayvonning ovozini "tushunib", uning ma’nosini izohlashga va hatto qo‘ng‘iroq qilishga yordam beradi.
Qo‘shimcha funksiyalari:
- Kichik chiroq – hayvonni qorong‘ida topishga yordam beradi.
- GPS, AGPS, LBS, WiFi, Bluetooth tizimlari – hayvon harakatini kuzatishga imkon beradi.
- 50 metrlik faol radar – hayvonning joylashuvini aniq belgilaydi.
- Ijtimoiy tarmoq funksiyasi – uy hayvonlari egalari o‘zaro aloqa qilishi mumkin.
PetPhone IP67 standarti asosida suv va changdan himoyalangan bo‘lib, 200 dan ortiq mamlakatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.


