1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

“UzAuto Motors” maʼlumotni noto‘g‘ri talqin qiladiganlarga munosabat bildirdi

“UzAuto Motors” shu yilning 5 oktyabrida ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Chevrolet Cobalt” avtomobili bo‘yog‘i bilan bog‘liq maqolaga munosabat bildirdi.  U  “Faktlarning buzib ko‘rsatilishi” deb nomlangan.

“UzAuto Motors” maʼlumotni noto‘g‘ri talqin qiladiganlarga munosabat bildirdi

 

Unda aytilishicha, haqiqatdan ham bunday holat yuz bergan. Ammo maqolaning sarlavhasida faktlar noto‘g‘ri keltirilgan. Bo‘yoq maqola muallifi yozganidek, avtomobil kuzovidan ko‘chmagan. Avtomobil kuzovi va bamperida rang tafovuti, kapotida dog‘lar paydo bo‘lgan. Avtomobil egasining shikoyati 2021 yil 12 avgustda  fotosuratlar, texnik hisobot qayd etilgan holatda hujjatlashtirilgan (skaner qilingan hisobot ilova qilingan)

 

 “UzAuto Motors” kompaniyasi ushbu holatni o‘rganib chiqib, isteʼmolchi daʼvosini qabul qilgan va avtomobil yangisiga almashtirilgan.

Muammo o‘z yechimini topdi. Xaridor talabi 100 foiz qondirildi. Endi boshqa bir savol paydo bo‘lmoqda. Oradan bir oy vaqt o‘tgach, ushbu masalani ko‘tarish, maʼlumotni noto‘g‘ri talqin qilish, negativ sarlavhalarni yozish kimga va nimaga kerak bo‘ldi? Bu “UzAuto Motors” nomini bulg‘ashga bo‘lgan navbatdagi urunish ekani yaqqol ko‘rinib turibdi. Nima uchun? Xulosa o‘zingizdan…– deyiladi kompaniya bildirgan munosabatda.

 

Bundan avval “UzAuto Motors” ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlarga munosabat bildirgani, yangi “Chevrolet Captiva” sotila boshlangani hamda Kusherbayev Qozog‘iston telekanalida “UzAuto Motors” haqidagi xabarga munosabat bildirgani haqida xabar berilgandi. 

 

Yulduz Rustamova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика