Unda, mamlakatimizda avtomobil olish talabida bo‘lganlar 30 ming nafardan oshgani ta’kidlanar ekan, avtomobilga to‘lov qilib qo‘ygan fuqarolar navbatini yillab kutayotgan bir paytda, kompaniya qo‘shni Tojikistonda o‘z dillerlik punktini ochgani, bu esa, xalqning noroziligiga sabab bo‘layotgani tanqid qilingan. Shuningdek, jurnalist “O‘zbeklar nega o‘z mashinasini minolmayapti?” — degan savolni o‘rtaga tashlagan.
Ko‘pchilikning og‘riqli nuqtasiga aylangan bu muammoga deputat Rasul Kusherbayev o‘z fikrlarini bildirdi:
“'UzAvto Motors' monopoliyasi o‘zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda.
Mamlakat ichida hurmati deyarli qolmagan monolistdan xalqqa foyda yo‘qligi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Hatto Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu haqida aytib o‘tgan.
Shuncha zarari yetmagandek, ushbu 'imtiyozxo‘r monopolist'ning xalqaro hamjamiyat va horijda ham misqollab yig‘ilgan mamlakat obro‘si, imidjini tushirib, o‘zbekistonliklarni boshqa xalqlar oldida kulguga qoldirayotgani alamli!
Haqini to‘lab, avtomobilini ololmayotgan iste’molchilarga avtomobil yetkazib berish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayni vaqtda xorij avtomobillariga nisbatan bojlarni tushirish, eng to‘g‘ri yo‘l. Buni hukumatdagi amaldor va mutaxasssislar qo‘llab-quvvatlashlari kerak.”
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlangani hamda “UzAuto Motors” mashinalarini eng ko‘p sotib olgan davlatlar ma’lum bo‘lgani haqida habar berilgandi.


