1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

UzAuto yangi Chevrolet Equinox 2022‘ni taqdim qildi

Kompaniya mazkur modelini “uning yangi gibrid tizimi” bor deb maqtamoqda.

UzAuto yangi Chevrolet Equinox 2022‘ni taqdim qildi

 

“Chevrolet Equinox 2022 avtomobilining eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir”, - deyiladi xabarda.

 

UzAuto Motors o‘z vep-saytida Equinox‘ning yangi versiyasini quyidagicha taʼriflaydi:

 

“Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy starter o‘rniga kuchli quvvatli motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi. Yangi gibrid tizimi aynan elektrmobilning elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga o‘xshash gibrid bo‘lmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilg‘i samaradorligini oshirishni taʼminlaydi. Aynan ushbu tizim sababli yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km. uchun atigi 7,01 litrni tashkil qiladi”.

 

Kompaniya avtomobilining narxlarini ham bira to‘la eʼlon qildi. Unga ko‘ra, Chevrolet Equinox MY 2022 (2022 yil modeli):

 

1.5T LS FWD komplektatsiya — 250 732 510 so‘m;

 

2.0T 1LT FWD MH komplektatsiya — 338 260 870 so‘m;

 

2.0T 1LT AWD MH komplektatsiya — 365 217 391 so‘m;

 

2.0T 3LT AWD MH komplektatsiya — 391 304 348 so‘m.

 

Eslatma. Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

 

Avvalroq UzAuto Motors noodatiy dizayndagi modellerni namoyish qilgani hamda O‘zbekistonda Chevrolet Onix‘ning bahosi qanchaligi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика