Vanihoyat u avgustning o‘rtalarida UzAuto Motors tomonidan yig‘iladi. Mazkur avtomodel o‘zbekiston bozorida katta mashhurlikka erishishi kutilmoqda.

Aslida Chevrolet Onix o‘tgan yili bozorga chiqarilishi lozim edi, ammo pandemiya sabab rejalar o‘zgargandi. Hozirgacha avtomobilning O‘zbekistondagi bahosi maʼlum emas. Biroq, avvalroq 12-13 ming AQSH dollari atrofida bo‘lishi aytilgan. Ammo bu xabar rasman tasdiqlanmagan.


