Xavfsizlik evaziga tiklanish: Xitoy "Tolibon" bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy shartini maʼlum qildi

"Tolibon" bilan muzokaralar Qatarda bo‘lib o‘tgan.

Xavfsizlik evaziga tiklanish: Xitoy "Tolibon" bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy shartini maʼlum qildi

 

Xitoy TIV Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy bilan muzokaralar yuzasidan bayonot berdi. Uchrashuv Dohada bo‘lib o‘tgan.

 

Unga ko‘ra, Xitoy tomoni Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan. Shuning uchun insonparvarlik yordami taqdim etiladi. Shuningdek, “Tolibon”  Afg‘oniston hududining Xitoyga qarshi hech qaysi kuch tomonidan foydalanmasligiga vaʼda berdi.

 

Xitoy Afg‘onistonni tiklash jarayonida ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qilgan. Ammo buning uchun toliblar xavfsizlikni to‘la taʼminlashi kerak.

 

Afg‘oniston TIV rasmiy vakili Abdulqodir Balxiy, o‘z navbatida, Pekin mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka vaʼda berganini maʼlum qildi.

 

“Diplomatik munosabatlar, savdo, shu bilan birga, afg‘on talabalarining Xitoy OTMlarida tahsil olishi muhokama qilindi”, – degan Balxiy.

 

Bundan avval Van I Mulla Barodar bilan uchrashgani hamda Qozog‘iston orqali afg‘on ayollari evakuatsiya qilingani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика