1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy va Hindiston 5 yillik tanaffusdan so‘ng savdo aloqalarini tiklashga kirishdi

Ikki davlat AQSH bosimi sabab hamkorlikni qayta yo‘lga qo‘ymoqda.

Xitoy va Hindiston 5 yillik tanaffusdan so‘ng savdo aloqalarini tiklashga kirishdi

“Bloomberg” xabariga ko‘ra, Xitoy va Hindiston 2020-yildan beri to‘xtab qolgan savdo aloqalarini tiklash bo‘yicha muzokaralarga kirishgan. O‘sha yili ikki davlat chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar bir necha askar hayotiga zomin bo‘lgan, shuningdek, pandemiya sabab munosabatlar yanada sovuqlashgandi.

 

Hozirgi muloqotlar ikki mamlakatning o‘zaro iqtisodiy aloqalarni qayta yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan qiziqishini ko‘rsatmoqda. Xususan, energetika, texnologiya va xomashyo ta’minoti kabi sohalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida tilga olinmoqda.

 

Bu jarayon AQSHning Xitoy va Hindistonga qarshi savdo bojlarini oshirishi va iqtisodiy bosim o‘tkazishi fonida kechmoqda. Mutaxassislar fikricha, ikki yirik qo‘shni davlat o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali tashqi bosimlarga qarshi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilmoqda.

 

Ekspertlar, shuningdek, ushbu muzokaralar mintaqadagi geosiyosiy muvozanatga ta’sir ko‘rsatishi, Janubiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani hududidagi kuchlar nisbatini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика