1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada giyohvand moddalar savdosida gumonlangan o‘zbekistonlik qamoqqa olindi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u jinoiy guruhda kuryer sifatida faoliyat yuritgan.

Rossiyada giyohvand moddalar savdosida gumonlangan o‘zbekistonlik qamoqqa olindi

Rossiyaning Sochi shahrida O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi.

 

Markaziy okrug sudi qaroriga ko‘ra, u sintetik giyohvand moddalarni katta miqdorda sotishga uringani uchun 7 yil muddatga qattiq tartibli koloniyada jazoni o‘tashga hukm qilindi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchi jinoiy guruh tarkibida kurer vazifasini bajargan. U giyohvand modda partiyalarini qabul qilib, ularni qadoqlagan va keyinchalik sotish uchun yashirin joylarga joylashtirgan. Gumondorga beshta holat bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat faoliyati fosh etildi. Sud majlisida ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi, bu esa hukm belgilashda yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика