"Dunyo o‘zgaryapti. Biz endi boshqa, yaʼni agressiv Rossiyani ko‘ryapmiz. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi ham hozirda kun tartibining asosiy masalasi hisoblanadi. Biz, shuningdek, Xitoyning o‘sishi kuchlar muvozanatini o‘zgartirayotganiga guvoh bo‘lyapmiz”, – degan Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi va global kuchlar muvozanati NATOning 2022 yil Madridda tasdiqlanadigan yangi strategik konsepsiyasiga kiradi.
Stoltenberg, shuningdek, Xitoy va Rossiyaning yaqinlashuvi NATOga tahdid tug‘dirishini aytgan.
Bundan avval NATOning Rossiya bilan muloqot olib borishi zarurligi hamda Stoltenberg tomonidan NATO'ni Afg‘onistondan ketish sabablarini aytgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


