1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Xitoyda ro‘y bergan zilzila oqibatida 15 kishi jarohat oldi

18:44 / 02.01.2022

1.3k

Xitoyda ro‘y bergan zilzila oqibatida 15 kishi jarohat oldi

Xitoyda ro‘y bergan zilzila oqibatida 15 kishi jarohat oldi

Joylarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

 


Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi. 


Xitoy seysmologik tarmoqlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila milliondan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Litszyan shahriga ta’sir qilgan. Hozirga qadar eng kamida Kamida 15 kishi jarohat olgani xabar qilinmoqda. Qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

 

Zilzila manbayi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Vayrona ostida qolganlarga yordam ko‘rsatish uchun voqea  joyida mahalliy o‘t o‘chirish brigadalari va 60 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi ishlamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning 26 ta prefekturasida 6,1 balli yer silkinishi sodir bo‘lgandi. 

 

Shuningdek, Gaitida ro‘y bergan zilzila oqibatida ham 300 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi.

 

Nasiba To'xtayeva

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика