Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 ming 992 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 288 ming 352 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 194 nafariga ijtimoiy yordam, 10 ming 951 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining maʼlumotlariga ko‘ra:
5 ming 984 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
308 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.
Xorijda vafot etgan 361 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.
408 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
Og‘ir tan jarohati olgan 12 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.
Maʼlumot uchun: mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 892,1 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.
Avvalroq Sankt-Peterburgda 100 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti rus tilida o‘qitilishi, Rossiya O‘zbekistonning 150 ming fuqarosiga mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagani, o‘zbekistonlik quruvchilarni Rossiyada “kosmik istiqbollar” kutayotgani, Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etilgani haqida xabar berilgandi.


