1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorijdan kelgan taklifni rad etib, qishloqda dars berayotgan buxorolik oʻqituvchiga avtomobil sovgʻa qilindi

Buyuk Britaniyada tahsil olib, yurtga qaytib chekka hudud maktabida yoshlarga ta’lim berayotgan Billura Ikromova ezgu tashabbuslari uchun Prezident tomonidan e’tirof etildi.

Xorijdan kelgan taklifni rad etib, qishloqda dars berayotgan buxorolik oʻqituvchiga avtomobil sovgʻa qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda o‘z kasbiga fidokorona yondashayotgan bir qator o‘qituvchi va murabbiylarning faoliyatini alohida e’tirof etdi.

 

Shu munosabat bilan, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 38-maktabda ingliz tili fanidan dars berayotgan yosh pedagog Billura Ikromova ham davlat rahbarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

 

Prezident o‘z nutqida shunday dedi:

“Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikromova ham qatnashyapti. Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda”.

 

Billura Ikromova TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lib, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan bir qator yirik grant loyihalari tayyorlandi va natijada yuzlab yoshlar xorijiy oliygohlarda ta’lim olish, shuningdek, xalqaro ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Ustozning fidokorona mehnati va tashabbuslari e’tirofi sifatida unga Prezident sovg‘asi – BYD CHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.

 

Billura Ikromova o‘z minnatdorligini izhor etar ekan, shunday dedi:

“Mamlakatimizda o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli mening yuksak orzularim ro‘yobga chiqdi. Bugun bor salohiyatim va kuch-g‘ayratimni Ona Vatanim ravnaqi va taraqqiyotiga safarbar etishga bel bog‘laganman”.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика