1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Navbahor” futbol maktabi Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga topshiriladi

Endilikda akademiyaning 11 nafar murabbiy, skаut va metodistlari Namanganga jalb etiladi.

“Navbahor” futbol maktabi  Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga topshiriladi

Prezident Namangan viloyatiga tashrifi davomida futbol mavzusiga ham alohida to‘xtaldi.

 

“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu — hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib ulg‘ayadi. ‘Navbahor’ning har bir o‘yini esa butun shahar uchun katta bayramdir”, — dedi davlatimiz rahbari.

 

Shu munosabat bilan yaqin kunlarda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi.

 

Mazkur hamkorlik doirasida “Ayaks” akademiyasining 11 nafar murabbiy, sкаut va metodistlari Namanganga jalb etiladi. Ular futbolchilarning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini xalqaro tajribalar asosida olib boradilar.

 

Prezident kelajakda ushbu akademiyada dunyoning yetakchi klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

 

Yig‘ilish davomida shuningdek, hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti tinglandi, tadbirkorlarning ilg‘or tajribalari ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика