1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namangan viloyatida “og‘ir” mahallalarni rivojlantirish uchun keng qamrovli chora-tadbirlar ko‘riladi

Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi mahallada aholining muammolarini o‘rgandi.

Namangan viloyatida “og‘ir” mahallalarni rivojlantirish uchun keng qamrovli chora-tadbirlar ko‘riladi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumanidagi Shurariq mahallasida aholining turmush sharoitlari bilan tanishdi.

 

Mazkur mahalla infratuzilmasi ta’mirtalab bo‘lib, 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hozirda bu yerda 62 ta kam ta’minlangan oila, 118 nafar ishsiz va 157 nafar mehnat migratsiyasidagi fuqarolar bor.

 

Hudud tumanlararo yo‘l bo‘yida joylashgani bois tadbirkorlik, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish imkoniyatlari katta ekani qayd etildi. Davlatimiz rahbari aholining fikrlarini tinglab, mahallani tubdan yangilash, shahar muhiti darajasidagi qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Shu asosda:

 

zamonaviy mahalla guzari, sayilgoh, sport va bolalar maydonchalari, kutubxona, kasb-hunar va til o‘rgatish markazlari, bank shoxobchalari tashkil etiladi;

 

maktab va bog‘chalar davlat investitsiya dasturi asosida kapital ta’mirlanadi;

 

ko‘chalar asfaltlanib, obodonlashtirish ishlari olib boriladi, eski bog‘lar yangilanadi;

 

bo‘sh turgan binolar davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga taklif etiladi.

 

Umuman, mamlakat miqyosida “quyi tizim” faoliyatini jonlantirish, tuman va mahallalarga yangicha qiyofa berish bo‘yicha keng qamrovli dastur amalga oshirilmoqda. Bu doirada byudjetdan jami 5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Jumladan, Namangan viloyatining Kosonsoy va Norin tumanlariga 100 milliard so‘mdan, qolgan tumanlardagi “og‘ir” toifadagi mahallalarga esa 5 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика