1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yangi yil bayrami arafasida "Afrosiyob" poyezdlari qatnovi yana bittaga ko‘payadi

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ xabariga ko‘ra, bayram kunlari barcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi.

Yangi yil bayrami arafasida "Afrosiyob" poyezdlari qatnovi yana bittaga ko‘payadi

 

Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga yana-da ko‘proq qulaylik hamda ichki turizmni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, Hozirgacha faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi, 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

 

Bundan tashqari, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ham 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 15:02 da “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

 

Ushbu poyezdlar Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tadi.

 

Izoh: Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

Avvalroq “Afrosiyob” poyezdlarining “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida qatnovi yo‘lga qo‘yilishi hamda "Toshkent — Shahrisabz — Toshkent" yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgarishi haqida xabar berilgandi

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика