1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi yilda bizni qanday ob-havo kutyapti?

Kelayotgan yanvar oyida O‘zbekistonda iliq harorat bo‘lishi prognoz qilindi.

Yangi yilda bizni qanday ob-havo kutyapti?

 

Rosgidrometning uzoq muddatli ob-havo prognozi e’lon qilindi. Boshqarma mutaxassislari Markaziy Osiyo mamlakatlarida yanvar oyida o‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 1,5 daraja yuqori bo‘lishini aytishmoqda. Shu davrda yog‘ingarchilikning me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: O‘zbekistondagi eng iliq qish 2016-yilga to‘g‘ri keladi. Shu yil respublikadagi butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davrida eng iliq yil deb qayd etilgan.

 

Shuningdek, so‘nggi 10 yil ichida dekabr oyida eng sovuq harorat -15 daraja sovuq  bo‘lgani qayd etilgan (5-dekabr 2002-yil). Eng issiq harorat esa +23 daraja iliqni tashkil qilgan (14-dekabr 2010-yil).

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика