1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi hafta qor bilan boshlanadi

Ayrim hududlarda -18 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi hafta qor bilan boshlanadi

 

O‘zgidromet 26-dekabr soat 20.00 dan 27-dekabr soat 20.00 gacha bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 10-15  daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. Ustyurtda kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Vodiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика