1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya yirik harbiy alyansga taklif qilindi

Mahalliy OAV Tokioning texnologik potensiali bunga sabab bo‘lganini aytmoqda.

Yaponiya yirik harbiy alyansga taklif qilindi

 

Yaponiya hukumati norasmiy darajada AUUKUS alyansiga taklif qilindi. Bu haqda Sankei gazetasi xabar berdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, alyans Yaponiyani yangi harbiy qurollar ishlab chiqish jarayoniga jalb qilmoqchi. Gap bu yerda birinchi navbatda gipertovushli raketa, elektron va kiber urushga qarshi vositalar, sunʼiy intellekt va kriptotizimlar haqida ketmoqda. Taklif AUUKUS‘ga aʼzo har uch davlat — Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSHdan kelib tushgan.

 

Tokioda alyansga qo‘shilish tarafdorlari mavjudligi qayd etilgan. Ularning fikricha, bu Xitoyni tiyib turishga yordam beradi. Ammo Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokadzu Matsuno Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yaponiyaning harbiy blokka taklif qilinganini inkor etdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: AUUKUS 2021 yil sentyabrida AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya tomonidan tuzilgan.

 

Avvalroq avstraliya va AQSH o‘rtasida yangi harbiy shartnoma imzolangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика