Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar texnologiya giganti “Apple” kompaniyasiga zarba berish maqsadida mobil telefonlar, planshetlar va kameralar uchun yagona mobil zaryadlash portini mandat qilishga kelishib oldi.
Mazkur kelishuv dunyoda 2024-yil oxiridan boshlab ko‘pgina portativ qurilmalar USB Type-C zaryadlash portiga ega bo‘lishi kerakligini anglatadi. Bu yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar chiqarilgan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi.
Yevropa Ittifoqi barcha qurilmalar uchun standart kabel minglab tonna elektron chiqindilarni sezilarli darajada kamaytiradi, deb hisoblamoqda. Bu butun jahon smartfon bozoriga ta’sir qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun: iPhone va Android telefonlari foydalanuvchilari uzoq vaqtdan beri qurilmalari uchun turli zaryadlovchi qurilmalardan foydalanish zaruratidan shikoyat qilib kelishgan.


