1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa Ittifoqi Belorusga qarshi sanksiyalar paketini tasdiqladi

Ro‘yxatga 17 kishi va 11 tashkilot kiritilgan. Yangi sanksiyalar paketi 2 dekabr kuni kuchga kiradi.

Yevropa Ittifoqi Belorusga qarshi sanksiyalar paketini tasdiqladi

 

Yevropa Ittifoqi elchilari migratsiya inqirozi munosabati bilan Belarusga qarshi navbatdagi, beshinchi sanksiyalar paketini tasdiqladi. Bu haqda Korrespondent.net maʼlum qildi. 

 

"Yevropa Ittifoqi elchilari hozirgina Yevropa Ittifoqining Belarusga qarshi sanksiyalarining beshinchi paketiga yashil chiroq yoqishdi", — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, ro‘yxatga 17 kishi va 11 tashkilot kiritilgan. Yangi sanksiyalar paketi 2 dekabr payshanba kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etiladi va shu kunning o‘zida kuchga kiradi.Shuningdek, oltinchi paket ustida ish boshlandi, ammo uning kuchga kirish sanasi haqida gapirishga hali erta. Katta ehtimol bilan u yanvar-fevral oylarida tayyor bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi 26 noyabr kuni Belarusga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini kelishib olgan edi.

 

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Belarusdan o‘z vataniga qaytishni xohlovchi muhojirlarga yordam berish uchun 3,5 million yevroga yaqin mablag‘ ajratishga kelishib olgan edi.

 

Nasiba To‘xtayeva

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика