1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

YPX inspektori bilan kelishmoqchi bo‘lgan haydovchining tashvishi ko‘payadigan bo‘ldi

Avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsning “ketmoni uchmadi”.

YPX inspektori bilan kelishmoqchi bo‘lgan haydovchining tashvishi ko‘payadigan bo‘ldi



2021 yil 25 noyabr kuni Samarqand shahri Bo‘stonsaroy ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Lacetti” rusumli avtomashinani hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatgan vaqtida, haydovchi mashinani hujjatlarsiz boshqarib yurganligi aniqlangan. Haydovchi nomiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Oradan vaqt o‘tib, haydovchi avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga inspektorga 100 AQSH dollari taklif qilgan. Xodim unga pora berish jinoyat ekanligini bir necha marotaba tushuntirsa-da, haydovchi kechroq kelishini aytib ketgan.


Holat yuzasidan inspektor bildirgi bilan murojaat qilgan. Shundan so‘ng, bildirgiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Vaziyatdan oson chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro 100 AQSH dollari miqdordagi pullarni YPX inspektoriga bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.


Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Avvalroq Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimiga bo‘ysunmasdan qochib ketgani hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qayerga tushishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика