Yulduz Usmonovaga 2021-yil 29-oktabr kunidan boshlangan va dekabr oyida ikki marotaba, bundan tashqari 11-yanvar kuni xonanda tomonidan keltirilgan dalillar va guvohlar tinglangan sudning 18-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik sudida o‘qilgan so‘ngi qarori birinchi sud hukmi belgilab bergan hukmni (jarimani) o‘zgartirmadi.
Shoirning taʼkidlashicha sud jarayonlaridagi xonandaning barcha dalillari va hattoki guvohlari ham qalbaki va soxta edi.
Bundan tashqari, shoir xonandani biror marotaba sud jarayonlarida shaxsan qatnashmaganini qo‘rqoqlikka yo‘yib, xonandani aybidan uyalgani uchun ommaga ko‘rinish bera olmaganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova va shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev o‘rtasidagi 29 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda qabul qilingan hal qiluv qaroriga asosan shoir Yo‘lchi Ro‘ziyevning daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan daʼvogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m maʼnaviy zarar uchun kompensasiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (jami 186 million so‘m) miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan edi.
Maʼlumot uchun: hech qaysi sud jarayonlarida xonanda Yulduz Usmonova shaxsan qatnashmagan, uning o‘rniga xonandaning ishonchli vakili ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yulduz Usmonova va shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev yana “sud oktagoni”ga ko‘tarilgani hamda Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million so‘m to‘lashi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


