1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

 

Nemis olimlari inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan yana bir faktni aniqlashdi: atigi 5 kun davomida zararli gazaklar iste’moli miyada insulinga sezgirlikning pasayishiga olib keladi. Bu esa diabet, semirish va kognitiv buzilishlar kabi jiddiy kasalliklar xavfini oshiradi.

 

Ma'lum qilinishicha, ushbu tadqiqot natijalari rossiyalik endokrinolog va tibbiyot fanlari doktori Zuhra Pavlova tomonidan ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish miyaning insulin va glyukozaga bo‘lgan javobini o‘zgartirib, uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib keladi.

 

“Insulin rezistentligi — bu nafaqat diabet va semirish, balki xotira, diqqat, fikrlash va hatto nutq funksiyalarining pasayishiga olib keladi”, — deydi shifokor.

 

Shuningdek, Pavlova sog‘lom odatlar haqidagi tavsiyalarni ham eslatib o‘tdi: “Gazaklardan iloji boricha butunlay voz kechish kerak”.

 

Faqat uzoq tanaffus (5 soatdan ortiq) bo‘lganda yengil gazaklarga ruxsat beriladi — bu holatda oqsil va uglevod kombinatsiyasi tavsiya etiladi: masalan, banan va yogurt, yoki olma va pishloq bo‘lagi.

 

Faqat meva iste’mol qilish ishtahani kuchaytirib yuborishi mumkin.

 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, doimiy ravishda yuqori uglevodli mahsulotlar iste’moli insulinning surunkali ko‘tarilishiga olib keladi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan retseptorlar sezgirligining pasayishiga sabab bo‘ladi va miya hujayralarida degenerativ jarayonlarni boshlashi mumkin. Ba’zi olimlar bunday asoratlarni hatto “uchinchi turdagi diabet” – Altsgeymer kasalligi deb atashmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика