1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi davomida tibbiyot sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.

 

Delegatsiya Seul milliy universiteti Bundang kasalxonasi, Inje universiteti, Changvon milliy universiteti, Yonsey universiteti hamda qator ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, robotlashtirilgan jarrohlik, onkologiya, telemeditsina, raqamlashtirish hamda tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirildi.

 

Tashrif doirasida xalqaro konferensiyalarda ishtirok etilib, qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan, hamshiralar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, insultni erta aniqlash va tez tibbiy yordam tizimlarini raqamlashtirishga oid ilg‘or texnologiyalar taqdim etildi.

 

Muzokaralar yakunida Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) bilan kelishuvga erishilib, O‘zbekistondan har yili 20 nafar mutaxassis xalqaro standartlar asosida bepul tayyorlanishi belgilandi. Koreya tomoni 2026–2028 yillarda sog‘liqni saqlash sohasidagi qo‘shma dasturlarni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика