1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekiston olimlari tomonidan “GLAZAVIR” nomli innovatsion bioeruvchan dorivor plyonka ishlab chiqildi. Tadqiqotlar natijasida ushbu vosita virusga qarshi faollikka ega bo‘lishi, immun tizimini mustahkamlashi, to‘qimalarning tiklanishini tezlashtirishi va antiproliferativ xususiyatlarini namoyon etishi aniqlandi.

 

“GLAZAVIR” yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lib, ko‘z shox pardasidagi suyuqlik bilan uzoq muddat ta’sirlashadi va dorivor moddaning bir xil taqsimlanishini ta’minlaydi. Plyonka ko‘zning quyi qobig‘iga qo‘yilganda belgilangan vaqt davomida bosqichma-bosqich eriydi. Tarkibidagi faol modda tomchi shaklidagi preparatlarga nisbatan ancha uzoq vaqt ta’sir etadi.

 

Dorivor plyonka sutkasiga 1–2 marta qo‘yiladi, bioparchalanuvchan va salbiy ta’sirga ega emas. Amaliy va innovatsion loyihalar asosida yaratilgan ushbu mahsulot oftalmologiyada virusli ko‘z kasalliklarini samarali, xavfsiz va qulay tarzda davolash imkonini beradi.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, plyonka yuqori samaradorlik, uzoq muddatli ta’sir va ko‘z to‘qimalariga mos biologik xususiyatlari bilan ajralib turadi hamda tomchi preparatlarga qaraganda sezilarli terapevtik afzalliklarga ega.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика