1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy Britaniyaga bordi

Bu haqda Rishi Sunak Twitter‘da “Buyuk Britaniyaga xush kelibsiz” deya post yozib, Zelenskiy bilan birga tushgan suratini eʼlon qildi.

Zelenskiy Britaniyaga bordi

 

Bu haqda Rishi Sunak Twitter‘da “Buyuk Britaniyaga xush kelibsiz” deya post yozib, Zelenskiy bilan birga tushgan suratini eʼlon qildi. Bu haqda BBC News xabar berdi. 

 

Xabarda aytilishicha, Vladimir Zelenskiy chorshanba kuni Britaniya parlamentida nutq so‘zlashi va qirol Charlz III bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

Avvalroq Sky News nashri Buyuk Britaniya Bosh vazir devoniga tayanib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rishi Sunak va ukrainalik harbiylar bilan uchrashish uchun bugun Buyuk Britaniyaga kelishi haqida xabar berdi.

 

Nashrga ko‘ra, tashrif chog‘ida Zelenskiy Britaniyada harbiy mashg‘ulot o‘tkazayotgan Ukraina harbiylarini borib ko‘radi.

 

Shuningdek, Ukraina prezidenti bosh vazir Rishi Sunak bilan harbiy uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi dastur masalasini ham muhokama qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика