Germaniya Xristian-demokratik ittifoqi (XDH) rahbari va bo‘lajak kansler Fridrix Merz AQSHda Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yuzaga kelgan mojaro AQSH tomonidan ataylab qo‘zg‘atilgan bo‘lishi mumkin.
Uning fikricha, bu holat AQSH maʼmuriyatining so‘nggi oylardagi umumiy siyosatiga mos keladi.
“Biz Vashingtonda kuzatayotgan voqealar so‘nggi haftalardagi voqealar zanjiriga to‘g‘ri keladi, jumladan, Amerika delegatsiyasining Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida qatnashishi ham shular jumlasidandir,” – deya qo‘shimcha qildi u.
Donald Trampni nafaqat Merz, balki Polshaning sobiq prezidenti va “Birdamlik” kasaba uyushmasi yetakchisi Lex Valesa ham tanqid qildi. U AQSH sobiq prezidentiga maktub yo‘llab, Ukraina bo‘yicha tutgan pozitsiyasini qoraladi.
“Biz sizning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatingizni dahshat va nafrat bilan kuzatdik. Ukraina AQSH tomonidan Rossiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan moddiy yordam uchun minnatdor bo‘lishi kerak degan fikringizni haqoratli deb bilamiz. Erkin dunyo qadriyatlarini himoya qilish uchun qon to‘kayotgan qahramon ukrainalik askarlarga biz minnatdorchilik bildiramiz”, – deb yozdi Valesa.
Polshaning sobiq prezidenti va Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorining maktubi Trampning Kiyevga nisbatan siyosatini qoralagan eng keskin bayonotlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.


