Африкада кучли бўрон ва қор ёғиши кузатилди
Маълум бўлишича, шамол тезлиги соатига 80 километргача етган.

Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Janubiy yarim sharda qish bo‘lishiga qaramay, bunday ob-havo sharoiti Janubiy Afrika uchun odatiy emas. Mahalliy aholi, ayniqsa, bolalar bu imkoniyatdan foydalanib, Sires shahri yaqinidagi tog‘larda qor o‘ynagan.
Taʼkidlanishicha, bunday voqea Janubiy Afrikada birinchi bor sodir bo‘lgani yo‘q. Iyul oyining oxirida Afrikaning janubiga qish kelgandi. Meteorologlarga ko‘ra, uni Antarktida siklonlari olib kelgan. Qayd etilishicha, baʼzi hududlarda harorat minus 10 darajaga tushgan. Bu eng past harorat bo‘yicha rekord hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Afrika janubida rekord darajada sovuq havo qayd etilib, qor yog‘gani haqida xabar bergan edik.







