Самарқандда 3 гектар ерни 100 минг АҚШ долларига сотмоқчи бўлган шахслар ушланди
Улар Агрофирмага тегишли ҳудудни ноқонуний равишда пулламоқчи бўлишган.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB boshqarmasi boshlig‘i nomiga Urgut tumani Sadriddin Ayniy ko‘chasida yashovchi fuqarodan ariza kelib tushgan. Fuqaro o‘z arizasida ikk nafar shaxs tumanning Qoratepa mahallasida joylashgan umumiy maydoni 3 gektar yer maydonini jami 100 ming AQSH dollariga sotishini aytishganini bayon qilgan. Firibgarlar kelgusida tuman hokimligidagi tanishlari orqali yerni uning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilib, oldindan 80 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.
Joriy yilning 23-fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar shaxs ariza muallifidan 80 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida noqonuniy sotilgan yer maydoni Urgut tumanidagi Agrofirmalaran biriga tegishli hudud hisoblanib, ushbu yer maydoni tuman hokimining 2020-yildagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining balansida ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.







