ШҲТга аъзо давлатлар туризм бўйича вазирлик ва идоралар раҳбарлари йиғилди
Учрашувда миллий туризм тармоқларининг бугунги ҳолати ва тизим салоҳиятини мустаҳкамлаш чоралари кўриб чиқилади.

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti raisligi doirasida tashkilotga aʼzo davlatlar turizm vazirlik va idoralari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy turizm tarmoqlarining bugungi holati va SHHTga aʼzo davlatlarning turizm sohasi salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rib chiqiladigan chora-tadbirlar anjumanning asosiy masalasi bo‘lib turibdi.
Shuningdek, yig‘ilishda pandemiyadan keyingi davrda turizm sohasini tiklash va yana-da rivojlantirish hamda yangi kombinatsiyalangan turistik yo‘nalishlarni yaratish hamda mavjud yo‘nalishlarni xavfsiz turizm nuqtai nazaridan optimallashtirish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Protokol imzolanishi ko‘zda tutilgan.







