Фарғонада Matiz ёниб кетди
Ҳодиса Lacetti билан тўқнашув оқибатида юз берган.

Kecha, 5-fevral kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Hodisa O‘zbekiston tumanining Oqta qishlog‘i hududidan o‘tgan Yaypan–Nursux–Ropqon avtomobil yo‘lining 9-kilometrida yuz bergan. Lacetti haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketishi natijasida Matiz rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Matiz avtomobilida yong‘in kelib chiqqan va haydovchi tan jarohati olib shifoxona yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








