Abdulrashid Do'stumning uyiga o't qo'yildi
Tolibon harakati vakillari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati markazi Shibirg‘on shahriga kirib keldi. Bu haqda "TOLO news" xabar berdi.


Maʼlum qilinishicha, jangarilar marshal Abdul Rashid Do‘stumning shahardagi uyiga o‘t qo‘ydi. Mahalliy amaldorlardan biri ham “Tolibon” shaharga kirib kelganini, janglar davom etayotganini tasdiqlagan.
Bundan avval, Sergey Shoygu agar Afg‘onistondan qo‘shni davlatlarga hujum qilinsa, Tojikiston va Qirg‘izistondagi bazalar to‘la ishga tushirilishini maʼlum qilgandi.
Afg‘onistonda vaziyat AQSH va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi ortidan keskinlashib ketdi. Tolibon harakati va markaziy hukumat o‘rtasida to‘qnashuvlar bir necha oydan beri davom etmoqda.
Jahongir Qo‘ziyev







