Jahon

Rossiyadagi mushtlashuvda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ishtiroki o‘rganilib ularga huquqiy ko’mak beriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida turli millat vakillari ishtirokida etnik ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Rossiyadagi mushtlashuvda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ishtiroki o‘rganilib ularga huquqiy ko’mak beriladi

Avvalroq Moskva viloyatidagi Odinsovo va Mitishi shaharlarida ikkita ommaviy to‘qnashuv bo‘lib o‘tgani va norasmiy maʼlumotlarga ko‘ra unda o‘zbeklar ham ishtirok etgani haqida xabar qilgan edik. 
Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojat bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu mushtlashuvda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ishtirokini o‘rganib, zarur holatda yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida barcha choralarni ko‘radi.
Shuningdek, agentlik ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni, Rossiya qonunlariga rioya etishni so‘raydi.
“Eslatib o‘tamiz, ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyadagi mushtlashuvda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ishtiroki o‘rganilib ularga huquqiy ko’mak beriladi | Zamon.uz