Jahon

Afg‘oniston:  ikki viloyatda to‘qnashuvlar avj olmoqda, “Tolibon” yana bir yirik shaharni egalladi

Hukumat qo‘shinlari ikkita tumanni qaytarib oldi.

Afg‘oniston:  ikki viloyatda to‘qnashuvlar avj olmoqda, “Tolibon” yana bir yirik shaharni egalladi

 

 

Afg‘oniston hukumati kuchlari Toliqon shahri yaqinidagi ikki tumanni “Tolibon”dan qaytarib oldi.

 

TOLOnews nashrining xabar berishicha, Vasaj va Farxor tumanlari jangarilardan ozod qilingan. Buni Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ham tasdiqladi.

 

Yana ikki viloyatda “Tolibon” hujumlari avj oldi

 

“Tolibon” Samangan va Balx viloyatlariga hujumni davom ettirmoqda. Samangan viloyatida Afg‘oniston parlamenti sobiq aʼzosi Muhammad Asif Azimiy boshchiligidagi 150 askar “Tolibon”lar tarafiga o‘tib ketdi. “Tolibon” hozirda viloyat markazi bo‘lgan Oyboq shahridan uch kilometr uzoqlikda turibdi. Harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid Oyboq shahri to‘liq egallanganini maʼlum qildi.

 

Balx viloyatidagi Hazrati-Sulton tumani jangarilar tomonidan bosib olindi. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Favod Omonning maʼlum qilishicha, hukumat qo‘shinlarining maxsus qismlari Balx markazi Mozori Sharif shahriga qilingan hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.  Balx viloyati O‘zbekiston chegaralariga yaqin joylashgan.

 

Do‘stum tobora faollashmoqda

 

So‘nggi kunlarda marshal Abdulrashid Do‘stumning Afg‘oniston harbiy-siyosiy hayotida faollashuvini kuzatish mumkin. 8 avgust kuni Do‘stum mudofaa vaziri Bismilloxon Muhammadiy bilan uchrashgani xabar qilingan edi. 9 avgust kuni marshal Faryob viloyati rasmiylari bilan telefonda muloqot qildi. Do‘stum viloyatga qurol-yarog‘ yetkazishni ko‘paytirishni aytgan.

 

Zamir Kobulov: Afg‘onistonda muvozanat o‘rnatiladi

 

RF Prezidentining Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Tolibon” ko‘p hududlarni egallayotganiga qaramay, tez orada mamlakat hududida muvozanat o‘rnatilishi mumkinligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 11avgustda Dohada  Rossiya, AQSH, Pokiston va Xitoy vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda “Tolibon” olib borayotgan harakatlar muhokama qilinadi.

 

Afg‘onistonda vaziyat AQSH va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi ortidan keskinlashdi. Hukumat va “Tolibon”lar o‘rtasida to‘qnashuvlar tobora avj olmoqda.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.