Jahon

Gretsiyada 154 ta alanga o‘chog‘i qayd etildi

Gretsiyada 154 ta alanga o‘chog‘i qayd etildi.

Gretsiyada 154 ta alanga o‘chog‘i qayd etildi

 

Anomal issiqlik tufayli Gretsiya o‘rmon yong‘inlari ichida qoldi. O‘n kun davomida mamlakatda 56 ming gektardan ortiq maydon yonib ketdi.

Bugun Gretsiyadagi yong‘inlarga doir  surat va dalillarni taqdim etamiz.

Pefki shahrida 10 ta kema odamlarni evakuatsiya qilishga tayyor turibdi.

Mamlakat so‘nggi 30 yildan buyon  dahshatli yong‘inlarni boshdan kechirmoqda.

Minglab aholi evakuatsiya qilindi.

Yong‘inlardan biri Eviya orolini ikkiga bo‘lib tashladi. Boshqa alanga o‘choqlari o‘rmon bilan qoplangan tog‘ yonbag‘irlarini qamrab oldi.

Eviyada 2 mingdan ortiq odam paromda evakuatsiya qilindi.

Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotais “Hukumatning asosiy vazifasi, avvalo, insonlar hayotini saqlab qolish”dan  iborat bo‘lishi kerak dedi.

Qator tumanlar, jumladan, Afina va Kritda  qayta alanga olish xavfi yuqoriligicha qolmoqda.

Hukumat nafas qisilishidan aziyat chekayotgan odamlar uchun tez yordam tizimini ishga tushirdi.

Eng kuchli alanga o‘choqlari Afina shimolida kuzatilmoqda. Mamlakatda umumiy hisobda 154 ta alanga o‘chog‘i qayd etilgan.

Peleponnesning shimoli-g‘arbiy qismidagi o‘rmon yong‘inlari qadimiy Olimpiya obyektalarini ham xavf ostida qoldirdi.

Gretsiya hukumati va Yevropa Ittifoqi yong‘inlar iqlim o‘zgarishi natijasi ekanini aytmoqda.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Gretsiyada 154 ta alanga o‘chog‘i qayd etildi | Zamon.uz