“Tolibon butun dunyoni aldadi”
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Muhammad Xanif Atmar AQSH va boshqa davlatlardan “Tolibon” ga bosim o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.

Vazir “Tolibon” ga BMT sanksiyalari orqali hamda harakatga qarshi harbiy kuch ishlatish bilan bosim o‘tkazishga chaqirgan. BMT sanksiyalari ko‘llanilgan taqdirda “Tolibon” yetakchilari boshqa mamlakatlarga bora olmaydi. Atmarning so‘zlariga ko‘ra, “Butun dunyo “Tolibon” tomonidan aldandi. Xalqaro hamjamiyat jangarilarining Afg‘oniston shaharlariga hujumini to‘xtatish uchun birlashishi kerak”.
U shuningdek, “Tolibon” faqatAfg‘onistonga emas, balki butun dunyoga katta xavf solayotganini alohida qayd etgan. Atmar jangarilar hujumi ortidan qochqinlar soni oshishi, shuningdek yangi terrorchi guruhlar vujudga kelishi mumkinligini taʼkidlagan.
Bundan avval “Tolibon” Farah va Fayzobod shaharlarini egallagani xabar qilingan edi.
Jahongir Qo'ziyev







