“Delta” shtammi ommaviy immunitet vujudga kelishiga to‘sqinlik qilyapti
“Delta” shtammi ommaviy immunitet vujudga kelishiga to‘sqinlik qilayapti.


Britaniyalik ekspertlar guruhining fikricha, “delta” shtammi koronavirusga qarshi ommaviy immunitet vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bu haqda The Daily Telegraph maʼlum qildi.
“Delta” shtami ommaviy immunitetga nisbatan bo‘lgan umidni yo‘qqa chiqargan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, virusning aholi orasida tarqalishini to‘xtatish imkonsiz ekanini tan olish zarur, shuningdek, yengil simptom bilan kasallikni o‘tkazayotgan bemorlarni kuzatish hech qanday natija bermaydi. Bundan tashqari Buyuk Britaniyada PSR testlari o‘takazishni to‘xtatish so‘ralgan: bu “mamlakatni” Covid-19” bilan yashashga o‘rgatadi”.
“AstraZeneca”vaksinasini ishlab chiqishda qatnashgan professor Endryu Pollardning fikricha, “Delta” shtammi emlangan insonlarga ham yuqishi mumkin. Shuning uchun vaksinalash, hatto, yuqori darajada olib borilgan taqdirda ham ommaviy immunitetga erishish mumkin emas. Pollard Britaniya parlamentidagi chiqishida vaksina olmaganlar virus bilan, albatta, qandaydir darajada zararlanishi mumkinligini ham taʼkidlagan.
Bundan avval JSST 2022 yil boshida “Covid-19” bilan kasallanganlar soni keskin oshishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.
Jahongir Qo'ziyev







