Gaitidagi vayronkor zilzila oqibatlari (Foto)
Gaitidagi vayronkor zilzila oqibatlari (Foto)

Shu yilning 14 avgust kuni Gaiti sohillarida 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Oqibatda 1,3 ming kishi qurbon bo‘ldi, 5,7 mingdan ortiq odam jarohatlandi.


Zilzila Gaiti janubi-g‘arbidagi Sen-Lui-dyu-Syud shahri yaqinida yuz bergan. Uning epitsentri 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.


Ko‘plab mamlakatlar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish uchun Gaitiga yordam taklif qildi.



AQSH Prezidenti Jozef Bayden Gaitiga yordam vaʼda qildi. BMTning insonparvarlik masalalari bo‘yicha kotibi — favqulodda vaziyatlarda yordam tashkiloti koordinatori Martin Griffits 8 million ajratilishini bildirdi. Bu mablag‘ birinchi yordam mahsulotlari, jumladan, suv, tibbiy anjomlar uchun sarflanadi.


Sharofat Mahmudova







