Jahon

Kapitoliy atrofiga bomba o‘rnatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi

Kapitoliy atrofiga bomba o‘rnatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Kapitoliy atrofiga bomba o‘rnatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi

 

Bundan avval  Amerikada fuqarolardan biri Bayden bilan uchrashish uchun Kapitoliy atrofiga bomba o‘rnatganini xabar qilgan edik. 

 

Politsiya u bilan bir necha soatlik muzokara olib borganidan so‘ng mashinada bomba yo‘qligini aniqladi. Ammo mashinasidan portlovchi modda yasash uchun mo‘ljallangan materiallar olib qo‘yildi.

 

Erkakning shaxsi aniqlandi. Uning ismi Rey Rouzberri bo‘lib, 49 yoshda. So‘nggi paytlarda u Shimoliy Karolinada yashagan. U o‘zining Facebook sahifasida mashina kabinasidan tasvirlar joylagan. Hozir uning akkaunti bloklangan.

 

Kapitoliy politsiyasi Twitter‘da hodisa bo‘yicha kun davomida ikkinchi brifingni o‘tkazishini vaʼda bergan.

 

Kapitoliy politsiyasi rahbarining aytishicha, raqamsiz mashina kutubxona yaqinida  to‘xtagan. Haydovchi politsiyaga mashina ichida bomba va detonator borligi, uni hozir portlatishini aytgan.

 

Politsiya vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish maqsadida haydovchi bilan muzokaraga kirishdi. Shu bilan birga, mashina atrofi o‘rab olinib, hududga snayperlar yuborildi.

 

AR xabariga ko‘ra, oradan qariyb 5 soat o‘tgach haydovchi mashinadan chiqqan.

 

 Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kapitoliy atrofiga bomba o‘rnatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi | Zamon.uz