Jahon

Afg‘on qochqinlari: ularni kim qabul qiladi?

“Tolibon” hokimiyatni egallashi ortidan Afg‘onistonda qochoqlar soni keskin ko‘paydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 mingdan 5 milliongacha fuqaro mamlakatni tark etishi mumkin. Bu butun dunyoda qochoqlar muammosini yana-da keskinlashtiradi.

Afg‘on qochqinlari: ularni kim qabul qiladi?

 

 

Yil boshidan buyon Afg‘onistonda 550 ming ichki qochoqlar paydo bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich tabiiyki yana-da oshishi mumkin. Toliblar hokimiyatga kelishi ichki va tashqi migratsiyani kuchaytirdi. Minglab odamlar Kobul aeroportida mamlakatni tark etish istagida navbat kutmoqda. Ular tinimsiz urush va terrordan qochib, hayotini rivojlangan G‘arbda davom ettirish niyatida. BMT bosh kotibi Antonio Gutterish dunyo davlatlaridan Afg‘oniston qochqinlarini qabul qilishni so‘radi.

 

Yevropa va Amerikada bir qancha davlatlar migrantlarni qabul qilishga qarshi emasligini maʼlum qildi. Masalan, Buyuk Britaniya 20 ming afg‘onistonlikni qabul qilishni rejalashtirgan. Bosh vazir Boris Jonson shuningdek, Britaniya afg‘onistonliklarni deportatsiya qilishni to‘xtatganini aytib o‘tgan.

 

Kanada ham 20 ming qochqinni qabul qilishga tayyor. Shuningdek, AQSHga borgan afg‘on migrantlarining bir qismi ham Kanadaga ko‘chirilishi mumkin.

 

Germaniya 10 ming atrofida qochqinlarni qabul qilishi mumkin.  Lekin bu hali hukumat tomonidan tasdiqlanmagan. Baʼzi Yevropa davlatlari migrantlar kelishiga qarshi emas, lekin keyinchalik ular qitʼaning boshqa davlatlariga ketishi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda. Jumladan, Ispaniya minglab qochqinlarni qabul qilishga tayyorligini, ammo ular maʼlum vaqtdan keyin boshqa Yevropa davlatlari o‘rtasida taqsimlanishi zarurligini maʼlum qildi.

 

Afg‘onistondan qochqinlar soni ortishi oqibatida baʼzi davlatlar o‘ziga xos tranzit vazifasini bajarmoqda. AQSH iyul oyi boshidayoq Markaziy Osiyo davlatlaridan  9 mingga yaqin qochqinlarni vaqtinchalik qabul qilishni so‘ragan edi.

 

Hozirda Germaniya Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi fuqarolarini Toshkent aeroportidan tranzit sifatida foydalanish orqali evakuatsiya  qilmoqda.

 

Bundan tashqari Qatar o‘z hududida keyinchalik AQSHga olib ketish sharti bilan afg‘on qochqinlari va AQSH fuqarolarini vaqtinchalik saqlashga ruhsat bergan. BAA ham 21 avgust kuni mamlakatga 5 ming qochoqni vaqtinchalik saqlashga rozilik bildirdi  .

 

Yuqorida aytilganidek, afg‘onistonlik qochqinlarining keskin oshishi butun dunyoda vaziyat keskinlashishiga olib keladi. BMT maʼlumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar va og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tufayli hozirda 83 millionga yaqin inson o‘zi yashab turgan joyini tark etishga majbur bo‘lgan. Ularning katta qismini ichki qochkinlar tashkil etadi. Qochqinlar ko‘payishi turli mamlakatlar, ayniqsa, Yevropa davlatlarida shovinizm, millatchilik va ksenofobiyaning ortishiga olib kelmoqda. Masalan, oxirgi yillarda Yevropada millatchi partiyalarning o‘rni keskin oshib ketdi. Ular Yevropani qochqinlardan xoli hududga aylantirish tarafdori. Bularning barchasi butun qitʼa barqarorligiga katta xavf soladi.

 

Qochqinlar duch keladigan eng katta muammo bu jamiyatga moslashish jarayonidir. Yevropa davlatlarida qochqinlarga bo‘lgan sovuq munosabat ularning aksariyatini o‘zi yashaydigan jamoa ichida qolib ketishiga, oxir-oqibatda jamiyatdan ajralib qolgan butun boshli migrantlar jamoalari shakllanishiga olib kelmoqda. Moslashish jarayonining qiyinlashuvi, o‘z navbatida, migrantlar uchun turli iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolarni vujudga keltiradi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Afg‘on qochqinlari: ularni kim qabul qiladi? | Zamon.uz