AQSH “Tolibon” rahbarlaridan biri uchun 5 million dollar mukofot eʼlon qilgan
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati rahbarlaridan biri Xalil Rahmon Haqqoniyni AQSH hukumati o‘n yillar avval terrorchi deb eʼlon qilgani va u haqidagi maʼlumot uchun 5 million dollar taklif etgani maʼlum bo‘ldi.

Bu haqda NBC telekanali xabar bergan.
Avvalroq «Tolibon» Afg‘onistonni 12 kishidan iborat kengash boshqarishini maʼlum qilgandi. Oldindan kelishilgan nomzodlar orasida Xalil Rahmon Haqqoniy ham nomi ko‘rsatilgan.
Haqqoniyga 2011 yilda qidiruv eʼlon qilingan. U “Al-Qoida” manfaatlariga xizmat qilishda ham ayblangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobul aeroportida terakt amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi.







