Slovakiya toliblar evakuatsiyaga ruxsat bermaganini iddao qildi
Slovakiya tashqi ishlar vaziri Ivan Korchok toliblar Kobuldan 20 kishining evakuatsiyasiga ruxsat bermaganini aytib o‘tdi.


Vazirning so‘zlariga ko‘ra, afg‘onlar Norvegiya samolyotida Slovakiyaga evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. Lekin ular nazorat punktidan o‘tkazilmagan.
Korchokning so‘zlariga ko‘ra, TIV ularga yordam berish maqsadida barcha vositalarni ishga solgan. Migrantlar 27 avgust kuni Tbilisiga yetkazilishi va u yerdan Slovakiyaga olib ketilishi ko‘zda tutilgan. Krochok ular aeroportga kirish joyida to‘xtatib qolingani va qurol bilan tahdid qilinganini aytgan.
Vazir toliblar bu bilan o‘z vaʼdasiga xilof ish qilayotganini, Kobul aeroportidagi vaziyatga taʼsir o‘tkaza olmasligini taʼkidlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval minglab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga uyidan joy ajratmoqchi ekani xabar qilingan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







