1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Minglab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga uyidan joy bermoqchi

Minglab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga uyidan joy bermoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Minglab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga uyidan joy bermoqchi

 

 

Maxsus “Rooms for Refugees” (“Qochqinlar uchun xona”) onlayn platformasida avgust oyida 998 kishi afg‘onistonlk migrantlarga uyidan joy berishni taklif qildi. Yana 824 nafar britaniyalik “Refugees at home” portalida qochqinlar uchun joy berish istagini bildirgan.

 

Buyuk Britaniya hukumati evakuatsiya qilingan afg‘onlar hayotini tiklashga yordam berish uchun barcha manfaatli tomonlar, jumladan, mahalliy maʼmuriyat va kengashlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qilgan.

 

Buyuk Britaniya 20 ming qochqinni qabul qilishni rejalashtirgan. London Kobuldan evakuatsiyani bugun  to‘liq yakunladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fransiya 28 avgust kuni Kobuldan evakuatsiyani tugatishi xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика