O'zbekiston

O‘rmon yong‘inlari oqibatida 2 million tonnadan ortiq organik modda yo‘q bo‘ladi

Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari G‘anisher Xo‘jayev AOKAda o‘tkazilgan brifingda maʼlum qildi.

O‘rmon yong‘inlari oqibatida 2 million tonnadan ortiq organik modda yo‘q bo‘ladi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, texnika rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Dunyoda aholi soni yildan-yilga o‘sib borayotgani ko‘proq miqdorda oziq-ovqat, yonilg‘i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarishni talab qilmoqda.

Bu esa o‘rmonlar egallab turgan maydonlar qisqarishi, tabiatning buzilishi, atmosferaning azon to‘sig‘i kattarishi, yer havosining o‘rtacha harorati ortib borishi va boshqa holatlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘rmon yong‘inlari, kasalliklar, noqonuniy daraxt kesish va boshqa o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilib boriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan daraxtlarni kesish va yog‘och sotish qoidalari bajarilishi, shuningdek, pichan o‘rish, mol boqish va o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari qoidalariga rioya etilishi nazorat qilinadi. O‘rmon zararkunandalari va kasalliklari o‘chog‘i o‘z vaqtida aniqlanib, ularga qarshi biologik, mexanik kurash olib boriladi.

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 99 foiz holatlarda bevosita insoniyat tufayli, qolgan 1 foiz holatda tabiiy ofatlar sababli o‘rmonlarda yong‘in kelib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda stansiyada turgan vagon yonib ketgani, NASA yer sayyorasidagi yong‘inlar xaritasini tuzgani hamda Zomindagi yong‘inning tafsilotlari aytilgandi. 

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

Sanjar Karimov qamoqda umrini o‘tkazish og‘ir ekanini taʼkidladi va suddan yana ota va o‘g‘il bo‘lish imkoniyatini so‘radi.

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

Oliy taʼlim vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.