Jahon

“Mudofaa vazirligi prezident ruxsatisiz havo zarbalari berishi mumkin” — Jozef Bayden

30 avgust kuni tongda Kobul aeroporti tomon bir necha raketa otilgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

“Mudofaa vazirligi prezident ruxsatisiz havo zarbalari berishi mumkin” — Jozef Bayden

 

 

Poytaxt aeroportiga qarata 5 ta reaktiv snaryadlardan zarba berilgan. Pentagonga yaqin manbalar amerikaliklar orasida qurbonlar yo‘qligini maʼlum qilgan. Tahmin qilinishicha, deyarli barcha raketalar havo xujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan  urib tushirilgan. Lekin keyinchalik toliblar snaryadlardan biri aeroport hududiga tushganini maʼlum qildi. “Tolibon”, shuningdek raketalar Kobulning shimolidagi Xayrxona tumanidan otilganini tahmin qilgan.

 

Oq Uy matbuot xizmati rahbari Jen Psaki hodisa haqida Prezident Jozef Baydenga xabar qilinganini aytgan. Bayden o‘z navbatida Afg‘onistondagi Amerika kuchlari himoyasini ikki barobar kuchaytirishga buyruq bergan.

 

Bundan avval, 29  avgust kuni  AQSH Kobul aeroporti atrofida dronlar yordamida zarba bergani xabar qilingan edi. Oqibatda, 9 kishi, jumladan 4 nafar bolalar halok bo‘ldi. AQSH keyinchalik buni tan olib, zarba ichiga portlovchi modda to‘ldirilgan avtomobilga berilganini maʼlum qilgan.

 

Pentagon 26 avgust kungi Kobul aeroportdagi teraktdan keyin Afg‘onistonda ISHID marralariga zarba berishni boshladi. Xususan, Nangarhor viloyatida tashkilot marralariga samolyotlar zarba yo‘llagan. Oqibatda, ISHID ning Afg‘onistondagi ikki rahbari o‘ldirilgan. Jozef Bayden terrorchilarga qarshi kurashda Pentagonga keng huquqlar berdi. Jumladan, mudofaa vazirligi prezident ruxsatisiz havo zarbalari berishi mumkin.  

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti mulla Solih ISHID terrorchilik guruhining “Tolibon” harakati bilan aloqasi borligini aytgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Mudofaa vazirligi prezident ruxsatisiz havo zarbalari berishi mumkin” — Jozef Bayden | Zamon.uz