O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: Marhumlarimizga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan xabardorman

Ko‘ksaroydagi taqdirlash marosimida o‘zbek adabiyoti va sanʼatining marhum fidoyilari uchun berilgan mukofotlar ularning yaqinlariga topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev: Marhumlarimizga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan xabardorman

 

 

«Bizda marhumlarni taqdirlash tajribasi yo‘q edi. Biz ularni yodga oldik va taqdirlashga qaror qildik.

Marhumlarimizga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan ham xabardorman. Buni xalqimiz to‘g‘ri qabul qildi, o‘tganlarning ruhi esa o‘ylaymanki shod bo‘ldi. Maʼrifat, o‘zligimizni anglash nuqtayi nazaridan bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi desam, fikrimga qo‘shilasizlar deb o‘ylayman.

Botir Zokirov alohida imzo chekishga sazovor inson edi. Bu kishini bilmaydigan birorta o‘zbek xonadoni yo‘q. Otajon Xudoyshukurov bilan shaxsan tanish edim. Sanʼati ham, o‘zi ham baquvvat, lekin o‘zi kamtar inson edi», deya taʼkidladi prezident. 

 

Qo‘shiqchi Botir Zokirov uchun «El-yurt hurmati» ordeni ukasi, qo‘shiqchi Farrux Zokirovga topshirildi.

 

 

Aktyor Mirzajon Azizov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni turmush o‘rtog‘i Tojibar Azizovaga topshirildi.

 

 

Qiziqchi Obid Asomov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni qizi Nargiza Ergashevaga topshirildi.

 

 

Qo‘shiqchi Tavakkal Qodirov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni o‘g‘li Muzrob Qodirovga topshirildi.

 

 

Yozuvchi O‘lmas Umarbekov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni turmush o‘rtog‘i Zuhra Umarbekovaga topshirildi.

 

 

Shoira Xalima Xudoyberdiyeva uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni qizi Kamola Umurzoqovaga topshirildi.

 

 

Hofiz Faxriddin Umarov uchun «Fidokorona mehnatlari uchun» ordeni uning nabirasi Husniddin Umarovga topshirildi.

 

 

Qo‘shiqchi Otajon Xudoyshukurov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni qizi Intizor Xudoyshukurovaga topshirildi.

 

 

Qo‘shiqchi Ortiq Otajonov uchun «Mehnat shuhrati» ordeni o‘g‘li Ulug‘bek Otajonovga topshirildi.

 

 

Avvalroq poytaxtdagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimida yozuvchi, tarjimon, tanqidchi, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov prezident Shavkat Mirziyoyev haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev: Marhumlarimizga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan xabardorman | Zamon.uz