“Tolibon” AQSH va boshqa davlatlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatmoqchi
“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulla Mujohidning aytishicha, toliblar AQSH va boshqa davlatlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.


"Afg‘onistonni tabriklaymiz! G‘alaba hammamizniki", — dedi u AQSH evakuatsiya operatsiyasi tugaganidan keyin “Tolibon” nazorati ostiga o‘tgan Kobul aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida.
Uning aytishicha, toliblar barcha davlat va tashkilotlar bilan yaxshi diplomatik munosabat o‘rnatilishini olqishlaydi.
Avval xabar qilinganidek, AQSH Afg‘onistondagi missiyasini yakunladi.
Nasiba To‘xtayeva







