Jahon

AQSHning Afg‘onistondan chiqib ketishi urush tugashini anglatmaydi

O‘z navbatida, American Enterprise Institute tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Daniel Pletka vujudga kelgan vaziyat Bayden hukumati uchun fuqarolarning unga bo‘lgan umumiy munosabatini belgilaydigan burilish nuqtasi bo‘lishini taxmin qilgan.

AQSHning Afg‘onistondan chiqib ketishi urush tugashini anglatmaydi

 

 

“The Washington Post” nashrining fikricha, AQSH qo‘shinlarining chiqib ketishi Afg‘onistonda urush tugashini anglatmaydi.

 

Vashingtonning Afg‘onistonni tark etishi uning ushbu hududdagi 20 yillik ishtirokiga barham berishi va Amerika hukumatini bu muammodan qutqarishi lozim edi. Ammo oxir-oqibat Bayden maʼmuriyati yana-da qiyin vaziyatga tushib qolishi mumkin.

 

Masalan, hozirning o‘zidayoq Baydenning Kobuldan barcha amerikalik va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklarni tezkor evakuatsiyasini tashkil qila olmagani qattiq tanqid qilinmoqda. Shuningdek, qo‘shinlarni tizimsiz olib chiqish, Kobul aeroportidagi teraktda 13 AQSH harbiyining halok bo‘lishi Pprezidentning boshqaruvchanlik salohiyatini va Afg‘onistondagi tinchlik va osoyishtalik tiklanishi haqidagi bayonotlarini shubha ostiga qo‘yadi. Shuningdek, “Tolibon”ning Afg‘onistonni boshqara olishi va bergan vaʼdalari — ayollar huquqini cheklamaslik hamda AQSH bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni taʼqib qilmaslikka amal qilishi ham nechog‘lik haqiqatligi noayonligicha qolmoqda.

 

Hozirda Oq Uy oldida ikki muammo bor. Birinchisi, minglab afg‘on qochqinlari qiyofasidagi gumanitar inqiroz. Ikkinchisi, terror xavfining oshishi. Turli terrorchi guruhlar yana Afg‘onistonda erkin harakat qilishni boshlashi mumkin. “Urushni shunchaki tugatishning o‘zi  yetarli emas. Siz vujudga kelgan oqibatlarni bartaraf qilayotganingizni namoyish qilishingiz kerak”, — degan Barak Obama maʼmuriyati sobiq amaldori Ben Rouds.

 

O‘z navbatida, American Enterprise Institute tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Daniel Pletka vujudga kelgan vaziyat Bayden hukumati uchun fuqarolarning unga bo‘lgan umumiy munosabatini belgilaydigan burilish nuqtasi bo‘lishini taxmin qilgan. Uning fikricha, “Baydenning omadi kelsa, u yangi Jimmi Karter (AQSHning 39- Prezidenti, Tinchlik uchun “Nobel” mukofoti соҳиби-zamon.uz izohi)ga aylanadi. Agar omad yuz o‘girsa, yangi 11 sentyabr sodir bo‘ladi”.

 

“The Washington Post” Prezidentning Respublikachilar partiyasidagi raqiblari mavjud muammolar — koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, Afg‘onistonni tark etish va boshqalardan foydalanib qolishi hamda bo‘lajak saylovlarda pozitsiyasini mustahkamlab olishi mumkin. Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat AQSH davlvt kotibi Entoni Blinken va Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivanning lavozimidan ayrilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval senator Lindsi Grem Afg‘onistonni tark etish AQSHda teraktlar xavfini oshirishini maʼlum qilgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.