O'zbekiston

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘shimcha javobgarlik joriy qilindi

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘shimcha javobgarlik joriy qilindi

 

 

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzganlik uchun fuqarolarga 3 BHMdan 5 BHMgacha, mansabdor shaxslarga esa 5 BHMdan 10 BHMgacha jarima solinishi belgilandi. Suvlarning hamda suv obyektlarining holatiga taʼsir ko‘rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarganlik uchun ham xuddi shunday jazo choralari qo‘llaniladi.

 

MJTK quyidagi moddalar bilan to‘ldirildi: 79-1-«O‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi va shartlarini buzish» hamda 861-«Ozon qatlamiga zararli taʼsir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablarni buzish».

 

Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga 5 BHMdan 7 BHMgacha, mansabdor shaxslarga esa – 10 BHMdan 15 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

96-«Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro‘yobga chiqarish» moddasida nazarda tutilgan sanksiyalar endi fuqarolarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

 

111-«Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish» moddasiga o‘zgartirishlar kiritildi:

 

hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, yaʼni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish - 3 BHMdan 5 BHMgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoki hayvonlarning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa - bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

 

Endi hayvonlarga nisbatan ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib keladigan holatda shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik Jinoyat kodeksida ham belgilanadi.

 

O‘zgartirish va qo‘shimchalar qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi. 


 
Avvalroq qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydigan bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘shimcha javobgarlik joriy qilindi | Zamon.uz