Jahon

Panjsher mudofaasini yorib o'tolmagan "Tolibon" chekinishga majbur bo'lmoqda

Afg‘onistonning Panjsher viloyatida toliblar va qarshilik kuchlari o‘rtasida borgan to‘qnashuvlarda 300dan ko‘proq tolib halok bo‘ldi. Bu haqda qarshilik kuchlariga yaqin manba TACC axborot agentligiga xabar berdi.

Panjsher mudofaasini yorib o'tolmagan "Tolibon" chekinishga majbur bo'lmoqda

“Kecha kechki payt “Tolibon”ning Panjsherga kirishga urinishi vaqtida 300dan ko‘proq jangari halok bo‘ldi. Yana bir necha o‘nlab jangarilar jiddiy jarohatlandi yoki asirga olindi”, deb ma’lum qilgan manba.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda jangovar harakatlar davom etmoqda, toliblar qarshilik kuchlarining mudofaasini yorib o‘tolmagan va orqaga chekinishga majbur bo‘lmoqda.

1 sentyabrda “Tolibon” tomonidan Panjsherga gubernator etib tayinlangan Amir Xon Muttaqiy o‘tgan hafta qarshilik kuchlari bilan boshlangan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma’lum qilgan.

Panjsherdagi qarshilik kuchlari toliblar katta yo‘qotishlarga uchrayotgani va chekinayotganini ma’lum qilgan. Ular “Tolibon” Panjsherda 6ta avanpostni egallab olgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Ma'lumotlada keltirilishicha “Toliblar haqiqatan ham kechadan beri Panjsherga kirishga urinmoqda, biroq buning uddasidan chiqa olmayapti. Ular birorta avanpostni egallay olmagan. Toliblar katta yo‘qotishlarga uchramoqda va chekinishga majbur bo‘lmoqda”.

Avvalroq Panjsherning Afg'onistonda qanday ahamyatga ega ekanligi haqida ma'lumot bergan edik.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Panjsher mudofaasini yorib o'tolmagan "Tolibon" chekinishga majbur bo'lmoqda | Zamon.uz